Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Yosh yozuvchi va shoirlarning yoshlar bilan uchrashuvi

02.07.2026
59

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida yosh yozuvchi va shoirlar bilan yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yozuvchi va shoirlar o‘z ijodiy faoliyati, asarlar yaratish jarayoni hamda adabiyotning yoshlar ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, ishtirokchilar bilan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodga qiziqishni rag‘batlantirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, yozuvchilik va she’riyatga oid qiziqarli mulohazalar hamda amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Mualliflar ijodiy jarayon, ilhom manbalari va asar yaratish bosqichlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitish hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.