Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

26.11.2026
32

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayrog‘im – suverenitet va tinchlik ramzi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, unda aks etgan ramzlarning mazmun-mohiyati hamda davlat mustaqilligi va milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat ramzlariga hurmat, milliy g‘urur va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat bayrog‘i xalqimizning birdamligi, tinchlik va farovonlik sari intilishi, milliy qadriyatlari hamda mustaqil taraqqiyot yo‘lining yorqin ifodasi ekanligi ta’kidlandi. Davlat ramzlarini e’zozlash va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning muhim burchi ekanligi qayd etildi.

Mazkur tadbir milliy qadriyatlarni ulug‘lash, davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda jamoada vatanparvarlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga qaratildi.