Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlikda innovatsion iqtisodiyot va startap loyihalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

19.11.2026
36

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, startap loyihalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida istiqbolli biznes g‘oyalarni shakllantirish, ularni amaliy loyihalarga aylantirish, investorlarga taqdim etish hamda moliyalashtirish manbalarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Yoshlarga startap loyihalarini amalga oshirishda zamonaviy moliyaviy vositalardan foydalanish, investitsiyalar va davlat grantlarini jalb qilish imkoniyatlari, shuningdek, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, bozor talablarini o‘rganish, raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni yaratish hamda istiqbolli biznes loyihalarini shakllantirishda yoshlarning faol ishtiroki muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Tadbir yoshlarning iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, innovatsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda istiqbolli tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishga qaratildi.