Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“Yoshlar kuni” doirasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan trening o‘tkazildi

12.06.2026
50

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida "Yoshlar kuni" munosabati bilan yoshlar ishtirokida biznes g‘oyalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilar biznes-reja tuzishning asosiy bosqichlari, loyihaning istiqbolini baholash hamda uni amalga oshirish uchun zarur resurslarni aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar. Shuningdek, grant mablag‘lari va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari, shuningdek, investorlar va hamkor tashkilotlar tomonidan loyihalarga qo‘yiladigan asosiy talablar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashib, muvaffaqiyatli loyihalar misolida fikr almashdilar hamda ularni rivojlantirish yuzasidan mutaxassislarning amaliy tavsiyalarini oldilar.

Bunday tadbirlar yoshlarda loyihaviy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.