Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Investitsiya vositachisi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi bekor qilindi

09.11.2026
28

Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari to‘g‘risidagi nizomning (2026-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 3850) 49-bandiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini ixtiyoriy ravishda bekor qilish to‘g‘risidagi murojaatiga asosan, 2012-yil 12-yanvarda “DILARES” MCHJga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 1226-son litsenziya 2026-yil 6-noyabrdan bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining rasmiy veb-saytida qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining reyestriga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirish kiritildi.