Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi

11.11.2026
124

Ma’lumki, sug‘urta turli xavf-xatarlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi eng optimal himoya vositasi ekanligi xalqaro hamjamiyatda e’tirof etilgan. Shunga muvofiq, sug‘urta moliyaviy himoya vositasi ekanligi to‘g‘risida aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetarli ravishda keng qamrovli axborotlarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish orqali ularning sug‘urta savodxonligini oshirish muhim hisoblanadi. Sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini orttirish maqsadida so‘nggi yillarda mamlakatimizda sug‘urta bozorini isloh qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 10-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqidagi Qonun imzolandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi birinchi qismidagi ijtimoiy axborot tushunchasiga berilgan ta’rifga “sug‘urta savodxonligini oshirish” so‘zlari, shuningdek, 20-moddasining ikkinchi qismiga sug‘urta savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy axborotning reklama beruvchilari sohalardagi vakolatli organlar ham hisoblanishiga oid me’yor kiritildi. Mazkur Qonun sug‘urta bozori professional ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida iste’molchilarni keng qamrovli va ishonchli axborot bilan ta’minlash orqali ularning ushbu xizmatlardan foydalanishida qulay shart-sharoitlar yaratib, aholida sug‘urtaga bo‘lgan ishonch darajasi ortishiga xizmat qiladi.