Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

«Tartibga solish qumdoni» maxsus rejimining yangi loyihasi ro‘yxatga olindi

29.01.2024
3564

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2022 yil 30 dekabrdagi 3409-son AV ro‘yxatdan o‘tgan) muvofiq yangi “Token.uz” loyihasi ro‘yxatga olindi. Loyiha tashabbuskori – “Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ.

“Token.uz” loyihasi “Ethereum” privat tarmoqqa asoslangan va asosiy tarmoqdan ajratilgan yechimni o‘z ichiga oladi. Bunda “Ethereum” tarmog‘i uchun “Arbitrum” deb nomlangan ikkinchi darajali (L2) yechim qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun: Arbitrum bu – Ethereum da qurilgan ikkinchi darajali blokcheyn. Arbitrum asosidagi Optimistic Rollup texnologiyasi  ishlab chiquvchilarga osonlikcha, hech qanday o‘zgartirishlarsiz past o‘tkazma to‘lovlari va yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega Ethereum smart-kontraktlarini va markazlashmagan ilovalarni amalga oshirish  imkonini beradi.

Platforma yaratishdan maqsad ma’lumotlarni ishonchli va shaffof saqlashni ta’minlash, shuningdek, blokcheyn texnologiyasi tomonidan ta’minadigan himoya, ya’ni uchinchi shaxslar tomonidan ma’lumotlarni o‘zgartirish va almashtirishdan himoya qilishdir. “Token.uz” platformasi ham davlat, ham xususiy sektorda foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Maxsus rejim ishtirokchilarining reyestri bilan Agentlik rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.