Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarining yangi tahriri tasdiqlandi

14.07.2026
50

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qo‘shma qarori bilan “Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari” tasdiqlandi (ro‘yxat raqami 3898, 2026 yil 13 iyul).

Mazkur Qoidalar JFODL/TM sohasidagi xalqaro standartlar, xususan Moliyaviy choralar ishlab chiqish guruhi (FATF) tavsiyalarini milliy qonunchilikka muvofiqlashtirish, shuningdek milliy tizim samaradorligini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqildi.

Yangi tahrirda sug‘urta sohasida JFODL/TMga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator muhim o‘zgartishlar nazarda tutilgan. Xususan:

– JFODL/TM sohasida qo‘llaniladigan tushunchalar aniqlashtirildi
va to‘ldirildi, jumladan, “uchinchi tomon” va “yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasi” kabi yangi tushunchalar kiritildi;

– ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqishda guruhiy yondashuvni qo‘llash bo‘yicha talablar belgilandi;

– tashkilot rahbariyatining ichki nazorat tizimi samaradorligini muntazam baholab borish bo‘yicha mas’uliyati mustahkamlandi;

–  sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta vositachilari uchun mas’ul shaxs hamda mijozni identifikatsiya qilish shakllari tasdiqlandi;

– maxsus vakolatli davlat organining “Shaxsiy kabinet” axborot tizimiga ulanish va undan foydalanish tartibi belgilandi;

– mijozlarni lozim darajada tekshirish, tavakkalchiliklarni baholash
va ichki nazorat jarayonlari xalqaro standartlar asosida qayta takomillashtirildi.

Yangi tahrirdagi Qoidalarning qabul qilinishi sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta vositachilari tomonidan JFODL/TM sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish, tavakkalchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va boshqarish hamda FATF tavsiyalarini milliy amaliyotga yanada samarali tatbiq etishga xizmat qiladi