O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami №2000-11 2025 yil 11 mart) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar milliy kapital bozorini rivojlantirish, emitent va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Asosiy yangiliklardan biri obligatsiyalar dasturi doirasida seriyali obligatsiyalarni chiqarish mexanizmining joriy etilganidir. Ushbu o‘zgarishlar emitentlarga moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirish va tezlashtirish imkonini beradi.
Emitentlar uchun nima o‘zgaradi?
Seriyali obligatsiyalar bitta ro‘yxatdan o‘tgan dastur doirasida bir nechta obligatsiyalarni chiqarish imkonini beradi. Yangi mexanizmning asosiy afzalliklari:
Bundan tashqari, yangi qoidalar ipotekani qayta moliyalash tashkilotlari tomonidan korporativ obligatsiyalarini o‘z kapitalidan ortiq miqdorda chiqarish imkoniyatini beradi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni ta’minlash turlari ro‘yxatini kengaytiradi.
Jahon amaliyoti va istiqbollar
Seriyali obligatsiyalar mexanizmi kapital bozori rivojlangan mamlakatlarda, jumladan Malayziya, Pokiston, Rossiya va Qozog‘istonda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Ushbu vositaning O‘zbekistonda joriy etilishi milliy bozor raqobatbardoshligini oshiradi, emitentlarga yanada samarali moliyalashtirish usullaridan foydalanish imkoniyatini beradi va investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Qabul qilingan o‘zgartirishlar mamlakatimiz moliya sektorini modernizatsiya qilish va uning investitsion jozibadorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Innovatsiyalar kapital bozorini rivojlantirish va O‘zbekiston iqtisodiyotiga yangi sarmoyalarni jalb etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Idoraviy mansub tashkilotlar