O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida mamlakatning ijtimoy-iqtisodiy rivojlanishning turli sohalarida, shu jumladan kripto-aktivlar bozorini rivojlantirish va huquqiy asoslarini yaratish sohasida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solish bo‘yicha shakllantirilgan normativ-huquqiy bazasi mavjud bo‘lgan do‘nyodagi kam sonli davlatlaridan biri hisoblanadi.
Xozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi PF-121-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3150-son va 2018 yil 3 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qarorlari asosida Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomi (ro‘yxat raqami 3380, 2022 yil 15 avgust) va Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari (ro‘yxat raqami 3395, 2022 yil 31 oktabr) ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan normativ-huquqiy hujjatlar asosida Agentlik tomonidan kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun “Crypto Trade NET” MCHJ va “Crypto Market” MCHJlarga birinchi litsenziyalar berildi. Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.
Shuni alohida taqidlash joizki, Crypto Trade NET” MCHJ va “Crypto Market” MCHJlar Markaziy Osiyo va MDH hududidagi birinchi kripto-do‘konlar bo‘ldi.
Shuningdek, Agentlik fuqarolardan o‘ta hushyor bo‘lishlariga, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritish uchun o‘rnatilgan tartibda litsenziyaga ega bo‘lmagan elektron platformalar xizmatlaridan foydalanmaslikka va ehtiyot choralarini ko‘rishlariga qat’iy da’vat etadi.
Idoraviy mansub tashkilotlar