logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokidagi seminar

18.05.2023
1213

Bugungi kunda kripto-aktivlar aylanmasi jadal rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, unga qiziqish butun dunyoda ortib bormoqda. Kripto-aktivlar bozori iqtisodiyotning nisbatan yangi yo‘nalishi sifatida dunyoda yagona huquqiy tartibga solish mexanizmiga hali ega emas. Hatto AQSH, Shveytsariya va Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham kripto bozorini soliqqa tortish mexanizmlari va huquqiy tartibga solishning yo‘lga qo‘yilgan tizimi mavjud emas.

O‘zbekiston kripto-aktivlar muomalasini tartibga solish bo‘yicha meyoriy-huquqiy bazani shakllantirgan sara mamlakatlar qatoriga kirdi va MDHda birinchi bo‘lib kripto-birjalar va kripto-do‘konlarning qonuniy faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratdi. Xalqaro kompaniyalarning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston kripto-aktivlar aylanmasi hajmi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida TOP-4 davlatlar qatoriga kiradi.

Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahnamoligida iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasidagi keng ko‘lamli islohotlar tufayli amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha qator qarorlar qabul qildi.

2023 yil 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi deputatlari va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar doirasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat turlari va yo‘nalishlari, kripto-industriyani tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha qonunchilik tashabbuslari muhokama qilindi.

Seminarda kripto-aktivlardan noqonuniy maqsadlarda foydalanishning oldini olish va FATF tavsiyalariga rioya qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.