O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
2024 yil 19 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-899-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonunga muvofiq kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasi va noqonuniy mayning faoliyati uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari joriy etildi.
Ma’muriy va jinoiy javobgarlikning yangi choralari to‘g‘risidagi moddalar ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Shu munosabat bilan jazoga tortilmaslik uchun qonunga qat’iy rioya etishni tavsiya qilamiz.
2023 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishlari belgilanganligini eslatib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
Idoraviy mansub tashkilotlar