Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“O‘zbekiston moliya sektori uchun iste’dodlarni rivojlantirish”

07.08.2025
192

ILMA vakillari British Management University tomonidan Investitsion institutlar milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Talent Development in the Financial Services Sector of Uzbekistan" mavzusidagi tadbirda ishtirok etdilar.

Panel muhokamasi va networking-sessiyasi moliya sanoati va akademik doiralarning yetakchi mutaxassislarini moliya bozoridagi kasblar kelajagi, shuningdek, talabalar uchun kasbga yo‘naltirish maqsadida universitetlar va industriya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qilish uchun birlashtirdi.

Spikerlar sifatida kapital bozorini rivojlantirish va moliyaviy islohotlar sohasida tan olingan, strategik rejalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va moliya tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislar ishtirok etdilar.

Muhokama ishtirokchilari moliya sohasida zarur bilim va ko‘nikmalar, akademik ta’lim va sanoatning amaliy talablari o‘rtasidagi tafovutni qanday qisqartirish mumkinligini muhokama qildilar. Shuningdek, O‘zbekiston fond bozorini rivojlantirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash va xalqaro standartlarni, shu jumladan CFA sertifikatini joriy etish mavzusiga to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir O‘zbekiston moliya sektorida inson kapitalini barqaror rivojlantirishga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatib, akademik hamjamiyat, nazorat qiluvchi organlar va biznes vakillari o‘rtasida ochiq muloqot uchun muhim maydonga aylandi.