Yangiliklar
Milliy kripto-bozor institutsional tizimi kengaymoqda
O‘zbekiston kriptoindustriyasi rivojining yangi bosqichi 2022 yilda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida» gi UP-121-son Qaroriga muvofiq kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solishga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish bilan boshlandi.
Ushbu hujjat, xususan, kripto-birja, mayning-pul, kripto-depozitariy va kripto-do‘kon kabi xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning turlarini belgilab berdi.
Milliy kripto-bozor institutsional tizimi yil sayin tobora kengayib bormoqda. Agar 2022 yil boshiga kelib O‘zbekistonda faqat bitta kripto-birja faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2022 yil oxirida yana to‘rtta kripto-do‘kon faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘ldi.
2023 yilda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar faoliyatini amalga oshirish uchun to‘qqizta litsenziya berildi: bitta kripto-birja, ikkita kripto-depozitariy va oltita kripto-do‘kon.
Shunday qilib, bugungi kunda O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar soni o‘n to‘rttaga yetdi: ikkita kripto-birja, ikkita kripto-depozitariy va o‘nta kripto-do‘kon.
Ayni paytda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kripto-aktivlarning barcha afzalliklaridan foydalanish maqsadida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, huquqiy tartibga solishning ilg‘or usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.