O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezilentining 2024 yil 1 martdagi PQ-108-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2-ilovaga muvofiq 2025 yil 1 oktabrdan boshlab umumiy sug‘urta sohasida majburiy sug‘urta turlari bilan faoliyat yuritish uchun 50 mlrd. so‘m miqdorida shakllantirilgan ustav kapitali mavjud bo‘lishi talabi “SEMURG INSURANCE” AJ tomonidan bajarilmaganligi sababli unga tegishli 2023 yil 26 sentabrdagi 135840-sonli litsenziyaning majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish qismi bekor qilinib, umumiy sug‘urta sohasida ihtiyoriy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun uning litsenziyasi o‘zgartirildi.
Idoraviy mansub tashkilotlar