O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha vazifa va funksiyalarini amalga oshirish doirasida 4 ta sug‘urta tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.
Jumladan, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meyorlarga rioya qilmaslik faktlari aniqlanib, buning natijasida 156,5 million so‘m miqdorida jarima solindi.
Jarima sanksiyalari qo‘llanilgan sug‘urta tashkilotlari
RO‘YXATI
Sug‘urta tashkiloti nomi |
Jarima miqdori |
“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ ST |
35,0 mln. so‘m |
“SEMURG INSURANCE” AJ |
31,5 mln. so‘m |
“INSON” AJ ST |
40,0 mln. sum |
“ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ |
50,0 mln. so‘m |
Idoraviy mansub tashkilotlar