O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ CTning hisobotlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meyorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, natijada 35,0 mln. so‘m miqdorida jarima solindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47 va 48-moddalari, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ CTga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 25 fevraldagi SF seriyali 00035-sonli litsenziya 2025 yil 8 oktabr sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.
“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ CT litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, avval tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.
“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ CT ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.
Shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarini litsenziya amal qilishi to‘xtatilganga sabab bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etgunga qadar bo‘lgan davr mobaynida sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirmaslik bo‘yicha ogohlantiradi.
Idoraviy mansub tashkilotlar