logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“Marketing va savdo kanallari” ikkinchi xalqaro sellerlar forumi

21.02.2025
100

Toshkentda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) tomonidan O‘zbekiston Elektron tijorat uyushmasi, Sellerlar uyushmasi hamda Jahon banki bilan birgalikda tashil etilgan “Marketing va savdo kanallari” ikkinchi xalqaro sellerlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum yetakchi soha mutaxassislari, biznes rahbarlari va hukumat vakillarini elektron tijorat taqdim etayotgan dolzarb muammolar va imkoniyatlarni muhokama qilish uchun birlashtirdi.

“Elektron tijorat Fintex bilan birgalikda O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda. 2024 yil yakunlariga nazar solsak, milliy platformalarni rivojlantirish va bozorga xorijiy o‘yinchilarni jalb qilish bo‘yicha qilgan sa’y-harakatlarimiz o‘z samarasini bermoqda. Elektron tijorat subyektlari – “Uzum” ekotizimi va Yandex ilk marotaba O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilarga aylandi. Kelgusida O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadigan boshqa platformalar ham paydo bo‘ladi, – dedi Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak o‘zining kirish so‘zida.

Forum doirasida Agentlik va O‘zbekiston sellerlar uyushmasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatga ko‘ra, tomonlar, jumladan, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish, tovarlar eksporti hajmini oshirish va mahalliy tadbirkorlarning boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqishiga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish niyatida.

Forumda ekspertlar raqamli marketing tendensiyalari, mahsulotni samarali ilgari surish uchun yangi vositalar va platformalar, 2025 yilda samarali savdo kanallari, reklama kampaniyalarini avtomatlashtirish, mijozlar bilan ishlash va ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy vositalar, shuningdek, onlayn raqobat va bozor globallashuvi sharoitida brendni rivojlantirish strategiyalarini muhokama qildilar.