Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qonunchilik takomillashtirilmoqda

28.09.2026
81

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning qo‘shma qarori bilan “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qo‘shma qaror 2026-yil 28-sentabrda davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgan va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan:

kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarning (keyingi o‘rinlarda – xizmatlar provayderlari) ichki nazorat tizimining tashkil etish va faoliyatini olib borish tartibi takomillashtirish;

mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlash bo‘yicha tashkilotlarning xizmatlaridan foydalanish hamda shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni yuborish tartibini takomillashtirish;

ichki nazorat tizimining samaradorligi ustidan monitoring qilish tartibi aniqlashtirish;

atamalarni amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish nazarda tutilmoqda.

Qo‘shma qarorni qabul qilinishi:

kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishiga;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning xalqaro standartlarni implementatsiyasini ta’minlashga xizmatlar provayderlarini qonunga xilof faoliyatdan foydalanishning xavflarni qisqartirishga qaratilgan.