logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

«JP Morgan Chase» banki vakillari bilan uchrashuv

22.02.2024
2153

Agentlikda «JP Morgan Chase» banki ijrochi direktori Klemens Gerdenich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Toshkent” Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda «JP Morgan Chase» banki bilan O‘zbekistonning vakolatli organlari va moliya institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Agentlik vakillari mahalliy fond bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab o‘tdilar hamda kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” yaratilganligi haqida ma’lumot berdilar.

Klemens Gerdenich dunyoning yetakchi investitsiya institutlarini O‘zbekistonga jalb etishga qaratilgan ushbu tashabbusni yuqori baholadi.

Shu munosabat bilan, «Euroclear» va «Clearstream» kabi yetakchi global ishtirokchilarni mahalliy bozorga jalb etish borasidagi ishlar qayd etildi.

«JP Morgan Chase» banki vakili Kompaniya rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni diversifikatsiya qilishdan manfaatdorligini bildirdi, shuningdek, O‘zbekiston fond bozorining jozibadorligini oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ma’lumot uchun: «JP Morgan Chase» – AQShning ikkita yirik banki (JP Morgan i Chase Manhattan Bank) birlashishi natijasida tashkil topgan Amerika moliyaviy xolding kompaniyasi. Bankning bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan bo‘lib, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari investitsion banking, jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun moliyaviy xizmatlar, tijorat banking, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish va aktivlarni boshqarish.