logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“Huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida global chaqiriqlar va tahdidlar: zamonaviy strategiya va yechimlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

21.11.2024
623

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilganining ikki yilligi munosabati bilan “Huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida global chaqiriqlar va tahdidlar: zamonaviy strategiya va yechimlar”.

Konferensiyada Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi, BMT ning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori idorasi, shuningdek, Belarus, Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari, Yevropa, MDH va Sharqiy Osiyodagi ilmiy doiralari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyaning yalpi majlisida Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak so‘zga chiqib, konferensiya ishtirokchilarini O‘zbekistonda kiberjinoyatlarga va kripto-aktivlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tajribasi, Agentlikning bundagi o‘rni va faoliyati bilan tanishtirdi, kripto-aktivlar aylanmasini tartibga solish tizimi, shuningdek, qonunchilikni uyg‘unlashtirish muhimligi va kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashish uchun huquqiy kamchiliklarni bartaraf etish zarurligini ta’kidladi.

Pak O‘zbekiston Respublikasi kripto-aktivlar aylanmasini tartibga solish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega ekanligini, dunyoda birinchilardan bo‘lib kripto-aktivlar va ularning noqonuniy aylanmasi, noqonuniy mayning uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini belgilaganini alohida ta’kidladi.

Konferensiya davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, tergov faoliyatini tashkil etishda raqamli kriminalistikaning o‘rni hamda huquqni muhofaza qilish organlarida fan, ta’lim va sun’iy intellektdan foydalanish kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.