logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga ba-ishlangan o‘quv seminari

27.03.2023
1122

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tashabbusi bilan Agentlik hodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yetakchi inspektori Boburmirzo Ismoilov olib bordi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yil 8 avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun tanlov asosida ishga qabul va kadrlar rotatsiyasi, qolaversa, tadbirkorlik qilish, xorijda hisobraqam ochish va manfaatlar to‘qnashuvini taqiqlash, daromadlar va mol-mulkni majburiy deklaratsiyalash va boshqa muhim masalalarni nazarda tutadi.

Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy qoidalar, davlat fuqarolik xizmatini tartibga solishda davlat organlarining asosiy vazifa va vakolatlari, Davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi, huquq va majburiyatlari, huquqiy va ijtimoiy himoyasining kafolatlari, Davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o‘tash va tugatish asoslari mavzulari seminar doirasida muhokama qilindi.

Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari, davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish va uni o‘tashning xususiyatlari, davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy himoyasi kabi mavzularga alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘quv seminari nihoyasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.