O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari to‘g‘risidagi nizomning (2026-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 3850) 49-bandiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini ixtiyoriy ravishda bekor qilish to‘g‘risidagi murojaatiga asosan, 2021-yil 27-aprelda “ASL OYNA” MCHJga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 1427-son litsenziya 2026-yil 14-sentabrdan bekor qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining rasmiy veb-saytida qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining reyestriga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirish kiritildi.