Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“Central Depositary of Armenia” OAJ (Armaniston Respublikasi) kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

04.11.2025
119

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “Central Depositary of Armenia” OAJ (Armaniston Respublikasi) kompaniyasi kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Xorijiy ishtirokchilarning Tartibga solish qumdoniga kirishi qimmatli qog‘ozlar bozorining ilg‘or xorijiy amaliyotini joriy etishga, xorijiy investorlarning mahalliy kapital bozoriga kirishini yengillashtirishga, O‘zbekiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb etishning yangi shakl va usullarini joriy etish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqishga ko‘maklashadi.

Ma’lumot uchun: “Central Depositary of Armenia” OAJ (keyingi o‘rinlarda – CDA) Armaniston Respublikasida Qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish va hisob-kitoblar yagona tizimining operatori hisoblanadi. CDA faoliyati ISO 9001:2015 va ISO/IEC 27001:2013 standartlariga mos keladi. Depozitariy Thomas Murray (Buyuk Britaniya) agentligi tomonidan berilgan BBB reytingiga ega. Bundan tashqari, CDA Milliy raqamlash agentliklari assotsiatsiyasi (ANNA) a’zosi hisoblanadi va Yevroosiyo markaziy depozitariylari assotsiatsiyasi (AECSD) tarkibiga kiradi.