logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

AXBOROT XABAR

29.12.2022
2004

Hurmatli vatandoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi PF-121-son Farmoni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq) qarorining 3-bandi “d” kichik bandi bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishlari belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

Ma’lumot uchun: mazkur norma O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga 2023 yil 1 yanvar kuniga qadar xorijiy elektron platformalarda kripto-aktivlarni sotib olish, sotish, ayirboshlash va (yoki) saqlash bilan bog‘liq savdolarni amalga oshirish huquqini berishini nazarda tutmagan. Muqaddam, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy platformalardan foydalanishning qonuniyligi to‘g‘risida axborot xabarini e’lon qilgan.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziya olmagan xorijiy platformalarda kripto-aktivlar bilan har qanday operatsiyalarni amalga oshirish, ma’muriy, jinoiy va boshqa turdagi javobgarliklar bilan belgilangan choralarni ko‘rish uchun olib kelishi mumkin bo‘lgan qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi.

Hozirgi kunga qadar, O‘zbeksiton Respublikasi hududida tegishli litsenziyalar berilib, bitta kripto-birja va to‘rtta kripto-do‘kon faoliyati yo‘lga qo‘yilgan (ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar Agentlikning rasmiy veb-sahifasidagi elektron reyestrda taqdim etilgan).

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, fuqarolar va tadbirkorlarni kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmatlar provayderlari orqali amalga oshirishga chaqirib qolamiz.