O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
“Yoshlar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida yosh xodimlar ishtirokida kiberxavfsizlik va raqamli savodxonlikka bag‘ishlangan amaliy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga kibermakondagi asosiy xavf-xatarlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish usullari, shuningdek, raqamli xizmatlar va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish qoidalari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilinib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kiberxavfsizlik sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish va zamonaviy texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

