logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik va Tether o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar

07.03.2024
3096

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) va Tether kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar va blokcheyn infratuzilmasi sohasida texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, innovatsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladilar. Hujjatga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasini, stabil tokenlarni va aktivlarni tokenizatsiya qilishni rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarni rag‘batlantirishda hamkorlik qiladi.

O‘zaro hamkorlik, xususan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish, CBDC (Central Bank Digital Currency) va aktivlarni tokenizatsiya qilish texnologiyalarini joriy etish, blokcheyn va kript-aktivlar texnologiyalari sohasida aholining xabardorligi va savodxonligini oshirish maqsadida ta’lim tashabbuslari sohasida hamkorlik qilishga qaratilgan bo‘ladi.

“Agentlik O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun yangi texnologiyalardan foydalanishning barcha imkoniyatlarini o‘rganishga intiladi. Unikal tajribaga ega Tether bilan hamkorlik blokcheyn texnologiyasi va umuman kripto-aktivlarning ulkan salohiyatidan foydalanishda muhim qadamdir. Davlat xizmatlarini yaxshilashga qaratilgan boshqa amalga oshirilayotgan tashabbuslar bilan birgalikda yaxshi integratsiyalangan va mas’uliyat bilan joriy qilingan blokcheyn ekotizimi O‘zbekistonning barcha fuqarolari hayotini yaxshilashga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, – deya ta’kidlab o‘tdi Agentlik direktori D. Li.

“Biz O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasining ulkan salohiyatini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilishdan mamnunmiz, – deya fikr bildirdi Tether bosh direktori Paolo Ardoyno. – Ushbu hamkorlik Tether ning innovatsiyalarni rag‘batlantirish va butun dunyo bo‘ylab raqamli aktivlar ekotizimining mas’uliyatli rivojlanishiga sodiqligini ko‘rsatadi".

Tether va Agentlik respublikaning tegishli idoralari bilan birgalikda tezroq, xavfsizroq va tejamkor tranzaksiyalarni joriy etish maqsadida O‘zbekistonning raqamli valyutasini yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Ma’lumot uchun: Tether stabilkoinlarni chiqarish va ulardan foydalanish hamda raqamli moliya sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Kompaniya ilg‘or moliyaviy tizimlar, shahar infratuzilmasi, transformatsion texnologiyalar va atrof-muhit sohasida innovatsiyalarni rivojlantirmoqda, barqarorlik va inklyuziya uchun yangi standartlarni belgilashga intilmoqda.

Tether (USDT) tokeni Tether kompaniyasi tomonidan 2014 yilda chiqarilgan. Ushbu tokenni ishlab chiqqanlarning asosiy g‘oyasi – bozor ishtirokchilariga kursi AQSH dollari kursiga bog‘langan, ya’ni nisbatan o‘zgaruvchan bo‘lmagan kripto-aktivdan foydalanish imkoniyatini yaratishdir. YA’ni, bir USDT narxi 1 AQSH dollariga teng (1 USDT = 1 AQSH dollari).

USDT tokeni barqaror tokenlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi va xalqaro kriptoplatformalarda kapitallashuv va aylanma bo‘yicha eng yaxshi uchta kripto-aktivlar qatoriga kiradi.