Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlik saytida “Ko‘p beriladigan savollar” bo‘limi yaratildi

31.01.2023
2203

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining rasmiy veb-saytida “Ko‘p beriladigan savollar” bo‘limi tashkil etildi. Mazkur veb-bo‘lim Agentlikka elektron pochta, veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar orqali eng ko‘p kelib tushadigan savollar asosida yaratildi.

Yangi bo‘limda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi asosiy tushunchalar, O‘zbekiston Respublikasida kriptoaktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi va boshqa aktual ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Agar sizda kripto-aktivlar muomalasi yoki Agentlik faoliyatiga oid qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, ularni veb-saytning “MUROJAATLAR” bo‘limi orqali yuborishingiz mumkin.