logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Ko'p beriladigan savollar

foto

Ko'p beriladigan savollar

7180

KRIPTO-AKTIVLAR HAQIDA NIMALARNI BILISH KERAK?

KRIPTO-AKTIV — ma’lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig‘indisi bo‘lgan, qiymati va egasiga ega mulkiy huquq.

MA’LUMOTLARNING TAQSIMLANGAN REYESTRI — ma’lumotlarni ixtisoslashtirilgan bloklarda taqsimlovchi texnologiya bo‘lib, bunda har bir yangi blok oldingi blok bilan kriptografik imzo orqali bog‘lanadi.

KRIPTO-AKTIVLAR AYLANMASI SOHASIDAGI FAOLIYAT TURLARI

- mayning – hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyati.

- kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlar faoliyati

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi XIZMATLAR PROVAYDERLARI (bundan buyon matnda xizmatlar provayderlari deb yuritiladi) — jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan ularning nomidan kripto-aktivlarni sotib olish, sotish, ayirboshlash, saqlash, chiqarish, joylashtirish va boshqarish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar.

XIZMATLAR PROVAYDERLARI TURLARI:

KRIPTO-BIRJA — kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash uchun elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot;

MAYNING-PUL – mayning jarayonini ta’minlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot;

KRIPTO-DEPOZITARIY – kripto-aktivlarni chiqarish, ularni dastlabki joylashtirish va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha elektron platforma va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot;

KRIPTO-DO‘KON — kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha elektron platforma va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot.

OXIRGI BENEFITSIAR MULKDOR — xizmatlar provayderini bevosita yoki bilvosita ta’sis etuvchi yoxud uning ustav jamg‘armasidagi (kapitalidagi) ulushlariga (aksiyalariga) bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yoxud ushbu shaxsga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan elektron platformalar (kripto-birjalar va elektron ayirboshlash shaxobchalari)dan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq foydalanish belgilangan tartibda cheklangan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 121  moddasi talablari hamda 2018 yil 5 sentabrdagi «Butunjahon internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadida veb-saytlar va (yoki) veb-saytlar sahifalaridan foydalanilganda internet tarmog‘idagi veb-saytlar va (yoki) veb-saytlar sahifalariga kirishni cheklash o‘rnatilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli "O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 7-bandiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat provayderlar faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni qabul qilish va amalga kiritish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik direktorining 2022 yil 14 iyuldagi 32-sonli buyrug‘i bilan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3380). Kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari (kripto-birja, mayning-pul, kripto-depozitariy va kripto-do‘kon)ning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati faqat belgilangan tartibda litsenziyaga ega bo‘lgan holda amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, elektron platformalari bloklangan kripto-birja va elektron ayriboshlash shaxobchalari O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-birja, kripto-do‘kon yoki boshqa turdagi xizmatlar provayderi faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega emas.

Bundan tashqari, xorijiy kripto-birjalar kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun hech qanday qonuniy javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi, tranzaksiyalarning qonuniyligini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarining tegishli tarzda saqlanishi va maxfiyligini kafolatlay olmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli "O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 6-bandi “v” kichik bandiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida kri

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish hamda ushbu sohada faoliyatni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli "O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 3-bandi “v” kichik bandiga binoan mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Mayning uchun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyadan foydalanilgan taqdirda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘lanadi, mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning yagona energotizimiga noqonuniy ulanishi holatlari aniqlanganda, ularga nisbatan belgilangan tarif 5 barobar o‘suvchi koeffitsiyent bilan qo‘llaniladi.

Tig‘iz davrda iste’mol qilingan elektr energiya uchun tegishli tariflarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ustamalar qo‘llaniladi.

Iste’mol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisoblagich o‘rnatilgan holda yuritiladi.

Mayning O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan majburiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi va litsenziyalanadigan faoliyat turiga kirmaydi. Maynerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish faqat Internet tarmog‘i orqali elektron shaklda amalga oshiriladi. Maynerlar o‘z faoliyatini faqat ro‘yxatga olingan paytda ko‘rsatilgan manzilda, yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.

Xizmatlar provayderlari litsenziyalash talablari va shartlari doirasida platforma va boshqa texnik va dasturiy ta’minotni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarga joylashtirishi, mijozlarning kripto-aktivlar bilan operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, ularning identifikatsiya ma’lumotlarini va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar bo‘yicha (shu jumladan platforma ishtirokchilari o‘rtasidagi) materiallarni, jumladan ish yozishmalarini besh yil davomida saqlashi shart.

Xizmatlar provayderlarida ariza berilgan sanada pul mablag‘i shaklida bazaviy hisoblash miqdorining kamida 5000 (besh ming) baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamg‘armasi (kapitali) mavjud bo‘lib, shundan 3000 (uch ming) baravari O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilgan bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli "O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 2-bandiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq operatsiyalari, jumladan, norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.

Zarur ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://napp.uz/uz/pages/service-providers

Bugungi kunda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi meyoriy-huquqiy baza quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 iyuldagi PF-5120-son “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3150-son “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 sentabrdagi PQ-3926-son “O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari (Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 9 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3309);

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3380);

Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalari (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3379);

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 28 sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3388);

Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 31 oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3395);

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 28 noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3397);

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida («Tartibga solish qumdoni» maxsus rejimi) ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 30 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3409).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli "O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorga muvofiq kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi operatsiyalarga kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash, saqlash, chiqarish, joylashtirish va boshqarish kiradi.

Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalari (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3379) ning 5-bandiga binoan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari kripto-birjaning elektron platformasida:

- kripto-aktivlar bilan kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarining barcha turlarini milliy valyutada, jumladan kripto-aktivlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdolar maydonchasida sotish va sotib olishga qaratilgan bitimlarni amalga oshirishi;

- O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bilan faqatgina kripto-aktivlarni sotishga doir operatsiyalarni xorijiy valyutada amalga oshirish huquqiga ega.

Sotib olish obyekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining o‘z tavakkalchiligidir.

Shuningdek, Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 31 oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3395)ning 7-bandiga muvofiq, kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

  1. a) kripto-do‘konning elektron platformasi orqali:

- jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish va (yoki) sotish;

- chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish va (yoki) sotish;

  1. b) kripto-do‘konning savdo obyekti orqali:

- jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;

- mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul ko‘rinishida milliy va (yoki) xorijiy valyutada sotib olish;

- mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 28 noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3397)ning 7-bandi hamda Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalari (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3379)ning 6-bandiga asosan jismoniy shaxslar o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni kripto-depozitariy yoki boshqa elektron platformalar orqali chiqarishlari hamda xorijiy kripto-birjalar va platformalarda boshqa turdagi kripto-aktivlarga ayirboshlashi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni xorijiy kripto-birjalar va platformalarda ayirboshlanganligi natijasida qabul qilingan kripto-aktivlar o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarining (bundan buyon matnda xizmatlar provayderlari deb yuritiladi) elektron platformalarida sotiladi.

Bundan tashqari, anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.

Kripto-aktivlarni sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun kripto-birja yoki kripto-do‘kon xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Kripto-aktivlarni sotib olish yoki sotish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish uchun quyidagilar zarur:

- kripto-birja yoki kripto-do‘kon bilan shartnoma tuzish;

- shaxsning identifikatsiyasi;

- Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalari (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3379) va Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 31 oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3395) da belgilangan boshqa talablarni bajarish.

Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalarining (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3379) 13-bandiga asosan kripto-birja mijoz bilan munosabatlarni o‘rnatish uchun quyidagi ma’lumotlarni so‘rab oladi:

- jismoniy shaxsdan — shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;

- yakka tartibdagi tadbirkordan — shaxsini tasdiqlovchi va davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi hujjatlar nusxasi;

- yuridik shaxsdan — davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi hujjat nusxasi, joylashgan joyi, rahbariyati haqidagi hamda ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar;

- mijoz bilan aloqa o‘rnatish uchun kontakt ma’lumotlar (elektron pochta manzili va boshqa kontakt ma’lumotlar);

- qonunchilik hujjatlari, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa ma’lumotlar.

Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalarining 11, 12 va 13-bandlariga binoan mijoz kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun kripto-do‘konning elektron platformasi va savdo obyekti orqali majburiy identifikatsiyadan o‘tadi hamda kripto-do‘kon bilan shartnoma tuzadi.

Mijozlar majburiy identifikatsiyadan o‘tish uchun kripto-do‘konga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etadi:

- jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);

- mijoz bilan aloqa o‘rnatish uchun kontakt ma’lumotlari (telefon raqami yoki elektron pochta manzili);

- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa ma’lumotlar.

Kripto-do‘kon quyidagilar bilan shartnoma tuzishga haqli emas:

- o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;

- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli "O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror hamda Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olish zarur.

Milliy xizmatlar provayderlari bo‘lmagan tashkilotlar bilan kripto-aktivlar aylanmasi sohasida operatsiyalarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (165-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga (165-modda) muvofiq litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka sabab bo‘ladi (190-modda).