Yangiliklar
Agentlik “Bank of Georgia” AJni (Gruziya) kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” ning birinchi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi
Istiqbolli loyixalar milliy agentligi (Agentlik) Gruziyadagi eng yirik banklardan biri, global va xorijiy kastodian banklar va depozitariylarning xududiy kastodian-banki bo‘lmish “Gruziya banki” AJni (JSC Bank of Georgia) O‘zbekiston Respublikasida kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining birinchi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Bank of Georgia London fond birjasida listingga kiritilgan (tiker: BGEO), joriy bozor kapitalizatsiyasi 2.1 mlrd. funt sterlingdan yuqori bo‘lgan va FTSE 250 Index a’zosi hisoblangan «Bank of Georgia Group PLC» ning sho‘ba kompaniyasi sanaladi. Bank of Georgia Group PLC aktivlari hajmi 2023 yil 30 sentabr holatiga ko‘ra 11.5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
Bank of Georgia Group PLC kompaniyasining asosiy aksiyadorlarini Georgia Capital JSC, M&G Investment Management Ltd., BlackRock, JPMorgan Asset Management (UK) Ltd., The Vanguard Group, Inc. Schroder Investment Management Ltd i drugiye kabi yirik xalqaro va global investitsiya fondlari va investitsiya kompaniyalari tashkil etadi.
Bank of Georgia, shuningdek uchta yirik global kastodian banklarning Gruziya va Ozarbayjon kapital bozoridagi sub-kastodian banki hamda shtab-kvartirasi Lyuksemburgda joylashgan xalqaro qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (ICSD) bo‘lmish Clearstreamning sub-kastodian banki hisoblanadi.
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq Bank of Georgia maxsus rejim ishtirokchisi hamda “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ va “O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ depozitariylarida xorijiy nominal saqlovchi sifatida qimmatli qog‘ozlar hisobini (depozitariy) ochish va boshqarish huquqiga, shuningdek, qo‘shimcha litsenziyasiz O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida milliy va xorijiy valyutada naqd pul hisob raqamiga ega bo‘lish huquqiga ega.
Dastavval, Bank of Georgia davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida investor-mijozlari, ya’ni yirik xorijiy institutsional inverstorlar uchun qimmatli qog‘ozlar sotib olish orqali ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Keyingi bosqichda korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etish orqali o‘z faoliyatini O‘zbekistonda kengaytirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymoqda.
Agentlik Gruziya bankining “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida ishtirok etishi O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga yirik hajmdagi investitsiyalarni jalb qilinishida, global va xorijiy kastodianlar va depozitariylar, global investorlar va xorijiy investitsiya vositachilari uchun vositachi bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblaydi.
Bank of Georgia maxsus rejim ishtirokchisi sifatida Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazildi.