Yangiliklar
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir
Istiqbolli loyihalar milliy agentligida 14 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Agentlik xodmlari ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar Qurolli Kuchlarimizning 33 yil davomida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir bo‘lgan zamonaviy, har tomonlama yaxshi qurollangan, hech kimdan kam bo‘lmagan milliy armiyamizni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Qatnashchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish, mamlakatimizning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish, kasbiy mahorati yuqori darajada bo‘lgan, harbiy va vatanparvarlik burchiga sodiq harbiy xizmatchilarni tarbiyalashning samarali mexanizmini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini qayd etdilar.