Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Yoshlar uchun maxsus huquqiy seminar o‘tkazildi

23.07.2026
57

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida yoshlar uchun yerdan foydalanish huquqi, qishloq xo‘jaligi kreditlari va subsidiyalar olish tartiblari bo‘yicha maxsus huquqiy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga yer uchastkalaridan foydalanish huquqining huquqiy asoslari, qishloq xo‘jaligi sohasida ajratiladigan kreditlar hamda davlat tomonidan taqdim etiladigan subsidiyalardan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mazkur sohadagi amaldagi qonunchilik talablari, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va ulardan foydalanish shartlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Seminarning amaliy qismida ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi kreditlari va subsidiyalarini olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, murojaatlarni tayyorlash hamda vakolatli tashkilotlarga taqdim etish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, yerdan samarali foydalanish va mavjud imtiyozlardan oqilona foydalanishga oid tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, huquqiy va amaliy masalalar yuzasidan zarur tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Seminar interaktiv muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar bilan fikr almashildi.

Bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, qishloq xo‘jaligi sohasida davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.