O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida yoshlarning o‘z hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirish bo‘yicha strategik rejalashtirish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Tadbir doirasida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimiga qaratilgan yoshlar tashabbuslarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga tashabbuslarni aniq maqsad va vazifalar asosida rejalashtirish, ularni amalga oshirish bosqichlarini belgilash, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan yoshlar tashabbuslarini tizimlashtirish va ularni amalga oshirish mexanizmlarini belgilash maqsadida «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda hududlar rivojiga oid g‘oya va takliflarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, muddatlari va kutilayotgan natijalarini belgiladilar.
Bunday strategik rejalashtirish mashg‘ulotlari yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlariga keng jalb etish hamda amaliy va natijaga yo‘naltirilgan loyihalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
