O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
2022 yil 16 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Agentlik rahbariyati va Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad ularning bilimini kengaytirish va strategik masalalarni hal etish va axborot-tahliliy faoliyatda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida talabalar Agentlik faoliyati, kriptoindustriyaning rivojlanish holati, shuningdek, yuridik masalalarni idoraviy va milliy darajada hal etish bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralarning o‘rni bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Idoraviy mansub tashkilotlar