logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan o‘quv seminari

31.05.2023
462

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil qilinib, undagi yangi kiritilgan normalarning mazmun va mohiyati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda Konstitutsiyada davlat organlarining yangi vakolatlari xaqida axborot berildi.

O‘quv seminarida ma’ruzachi sifatida Toshkent davlat yuridik universitetining Konstitutsion huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi Madiyev Faxriddin Qoshim o‘g‘li taqdimot o‘tkazdi.

Ma’lumki, 1992 yildan buyon Konstititutsiyaga jami o‘n yetti marta o‘zgartirish kiritilgan. Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi hamda yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshib, umuman olganda Konstitutsiya 65 foizga yangilandi. Tashkil etilgan o‘quv-seminarda Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlarning har biri bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ishtirokchilar uchrashuvning yakuniy qismida o‘zaro fikr almashib, barcha qiziqtirgan savollarga javob oldilar.