Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) vakillari bilan uchrashuv

27.07.2026
46

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibidan Jahon banki guruhi G‘aznachiligi hamda IFCning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rin oldi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston ichki kapital bozorini rivojlantirish masalalari, shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) obligatsiyalarini respublika ichki bozorida milliy valyutada joylashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari Jahon banki guruhi G‘aznachiligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) tomonidan ichki kapital bozorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan, normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Qayd etilganidek, mazkur tashabbuslarni amalga oshirish moliyaviy instrumentlar turini kengaytirish, moliyalashtirish imkoniyatlarini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tomonlar O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.