O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (Agentlik) Pokiston Islom Respublikasining yetakchi islom banki — “Meezan Bank” hamda Kuvaytning yirik investitsiya kompaniyasi — “Noor Financial Investment Company” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Meezan Bank” Pokistondagi eng yirik islom banki bo‘lib, bosh qarorgohi Karachi shahrida joylashgan. Bank faoliyati shariat moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan bo‘lib, chakana va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish, kreditlash, depozitlar hamda shariat qoidalariga muvofiq boshqa moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarning to‘liq majmuasini taklif etadi.
“Noor Financial Investment Company” Kuvaytda faoliyat yurituvchi yirik investitsiya kompaniyasi bo‘lib, moliyaviy xizmatlar, investitsiyalar va aktivlarni boshqarish sohalarida Kuvayt, Yaqin Sharq mamlakatlari, Osiyo va boshqa bozorlarda faoliyat olib boradi. Kompaniya “Meezan Bank”ning muhim strategik investori va aksiyadori hisoblanadi.
Muhokamalar davomida “Kapital bozori to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi doirasida islomiy qimmatli qog‘ozlar (sukuk)ni chiqarish va joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va sheriklik aloqalarini rivojlantirish, xususan islomiy qimmatli qog‘ozlar (sukuk)ni chiqarish sohasida ekspert tajribasi almashish bo‘yicha kelishib oldilar.
Idoraviy mansub tashkilotlar