Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Rahbar va yoshlar muloqoti

05.11.2026
93

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida yoshlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda "O‘zbekiston - 2030" strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan "Rahbar va yoshlar muloqoti" uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yoshlarning o‘rni, davlat dasturlari va tashabbuslarini amalga oshirishdagi ishtiroki, shuningdek, yosh kadrlarning kasbiy o‘sishi va yetakchilik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi.

Ochiq muloqot doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan strategik tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi. Yosh mutaxassislar davlat organlari faoliyatini takomillashtirish, boshqaruv jarayonlari samaradorligini oshirish hamda hududlar rivojiga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘z g‘oya va takliflarini bildirdilar.

Shuningdek, yosh mutaxassislarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilarga davlat xizmatiga kadrlarni tanlab olishning asosiy tamoyillari, ochiq tanlovlarni o‘tkazish tartibi, kasbiy kompetensiyalarni baholash mezonlari hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, yosh davlat xizmatchilarining martabada o‘sish imkoniyatlari, boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish va kasbiy malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Zamonaviy davlat boshqaruvi vazifalarini samarali bajarishga qodir kadrlar salohiyatini shakllantirishning ahamiyati ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv rahbariyat va yoshlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, yosh mutaxassislarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat boshqaruvi jarayonlaridagi faolligini oshirish hamda mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan strategik vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.