Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Raqamli suverenitet va milliy kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir

29.10.2026
52

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda raqamli resurslar bilan ishlashda mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida davlat boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirokida raqamli faktcheking va axborot xavfsizligi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. Unda axborotning ishonchliligini tekshirish, noto‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlash hamda raqamli muhitda xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar axborotni tekshirishning asosiy usullari, manipulyativ kontentni aniqlash yo‘llari, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va axborot tahdidlarining oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.

Shuningdek, yoshlar uchun davlat xizmatlarining raqamli imkoniyatlaridan foydalanishga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi. Unda my.gov.uz va e-ijro portallarining imkoniyatlari, elektron xizmatlardan foydalanish tartibi hamda davlat organlari bilan raqamli shaklda o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmlari tushuntirildi.

Bundan tashqari, sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda davlat idoralari faoliyatini tahlil qilish va tahliliy hisobotlar tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida axborotni qayta ishlash, ma’lumotlarni tizimlashtirish va tahliliy faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Mazkur tadbir yoshlarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligi sohasidagi bilimlarini mustahkamlash hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.