logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“Toshkent Investitsiya Majmui” MCHJ litsenziyasi amal qilish muddati 10 kunga to‘xtatildi

02.12.2024
304

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “Toshkent Investitsiya Majmui ” MCHJga tegishli qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq 1424-son litsenziyaning amal qilish muddati 2024-yil 2-dekabrdan 2024-yil 11-dekabrga qadar (10 kunga) to‘xtatib qo‘yildi.

“Toshkent Investitsiya Majmui” MCHJning “Yagona dasturiy-texnik kompleksi” orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlari, ya’ni qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirish, qonunbuzilish holati bartaraf etilgunga qadar cheklab qo‘yildi.