Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“Adl INVESTMENTS PLATFORM” MCHJ investitsiya platformalari sohasidagi “Tartibga solish qumdoni”ga qabul qilindi

24.09.2026
66

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Adl INVESTMENTS PLATFORM” MCHJni investitsiya platformalari sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

“Adl INVESTMENTS PLATFORM” MCHJ ushbu yo‘nalishdagi "Tartibga solish qumdoni"ning ikkinchi ishtirokchisi bo‘lib, “IMANUM” investitsiya platformasi operatori sifatida faoliyat yuritmoqda.

Investitsiya platformalari investitsiyalarni jalb qilish uchun raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamli hamkorlik orqali investorlardan o‘z investitsiya loyihalari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishni jalb qila oladigan tadbirkorlik subyektlari uchun investitsiya vositalaridan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.