Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

TBC Capital (Gruziya) kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

23.06.2025
122

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan TBC Capital (Gruziya) kompaniyasi kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Maxsus huquqiy rejimda ishtirok etish global kastodianlar va xalqaro depozitariylar, xorijiy investorlar va investitsiya vositachilari uchun vositachi sifatida O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga yirik miqdorda portfel investitsiyalarini jalb qilish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: TBC Capital TBC Bank (Gruziya) AJning sho‘ba korxonasi bo‘lib, u o‘z navbatida aksiyalari London fond birjasida sotiladigan TBC Bank Group PLC kompaniyasiga 100% egalik qiladi. So‘nggi yillarda TBC Capital xalqaro miqyosda yuqori baholandi: 2025 va 2024 yillarda Global Finance jurnali uni Gruziyaning eng yaxshi investitsiya banki hamda Markaziy va Sharqiy Yevropada obligatsiyalar chiqarishning eng yaxshi tashkilotchisi deb tan oldi, 2023 yilda esa Euromoney kompaniyani mamlakatning eng yaxshi investitsiya banki deb e’tirof etdi.