O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda “Kapital bozori to‘g‘risida”gi Qonun loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi (Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda).
Tadbir davomida Kapital bozorini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i S. Toreshov qonun loyihasining asosiy qoidalari, kapital bozorini yanada rivojlantirish, investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda bozor faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan muhim o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirildi. Natijada kapital bozorining asosiy ko‘rsatkichlarida barqaror o‘sish kuzatildi. Jumladan, aksiyalar emissiyasi hajmi 2023 yildagi 189,7 trln so‘mdan 2025 yilda 265,1 trln so‘mga yetgan, 2026 yil 1 iyul holatiga esa 269,4 trln so‘mni tashkil etgan. Korporativ obligatsiyalar emissiyasi 2023 yildagi 1,06 trln so‘mdan 2025 yilda 3,93 trln so‘mga yetgan va 2026 yil 1 iyul holatiga 7 trln so‘mdan oshgan. Fond birjasidagi umumiy savdolar hajmi esa 2023 yildagi 2,9 trln so‘mdan 2025 yil yakuniga ko‘ra 17,6 trln so‘mga, ya’ni qariyb 6 barobarga oshgan.
“Tabiiyki, erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan, kapital bozorini yanada tizimli rivojlantirish uchun mustahkam qonunchilik bazasini yaratish zarurati yuzaga keldi. Aynan shu maqsadda “Kapital bozori to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi”, – dedi S. Toreshov.

Yangi qonun loyihasi 16 ta bob va 123 ta moddadan iborat bo‘lib, 2015 yildagi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun normalarini zamonaviy bozor talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tubdan qayta ko‘rib chiqish asosida ishlab chiqilgan. Loyiha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, BMT Taraqqiyot dasturi, Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOSCO), AQSH Savdo vazirligi hamda Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Qonun loyihasining muhim yangiliklaridan biri kapital bozori moliyaviy vositalari turlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi. Jumladan, hosila moliyaviy vositalari – opsion, svop, fyuchers, forvard va narxlar farqi shartnomasi, qoplangan obligatsiyalar, sekyuritizatsiyalangan obligatsiyalar, barqaror rivojlanish obligatsiyalari hamda islom moliyasi tamoyillariga muvofiq sukuk qimmatli qog‘ozlarini chiqarishni huquqiy jihatdan tartibga solish nazarda tutilgan.
“Ushbu vositalarning har biri investorlarga riskni boshqarish va portfelini diversifikatsiya qilish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi”, – ta’kidladi boshqarma boshlig‘i.
Zamonaviy moliyaviy vositalarni joriy etish orqali 2030 yilga qadar fond bozoriga 10 trln so‘m miqdorida investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, qonun loyihasida kapital bozoriga uzoq muddatli institutsional va xususiy investorlarni jalb etishni rag‘batlantirishga qaratilgan soliq imtiyozlari ham nazarda tutilgan. Xususan, ayrim investitsiya fondlari daromadlarini, qoplangan va sekyuritizatsiyalangan obligatsiyalar bo‘yicha ayrim operatsiyalarni soliqqa tortishdan ozod qilish, shuningdek, 2038 yilgacha xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari va sukuk qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha ayrim daromadlarga soliq imtiyozlari berish ko‘zda tutilgan.

Matbuot-anjumanida islom moliyasi tamoyillariga muvofiq sukuk qimmatli qog‘ozlarini joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qonun loyihasida sukukning huquqiy xususiyatlari, ularni chiqarish va muomalaga kiritish mexanizmlari, shuningdek, sherikchilik, ijara, savdo va agentlik sukuklarining asosiy turlarini tartibga solish nazarda tutilgan. Investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida sukuk egalari vakili instituti hamda sukukning islom moliyasi standartlariga muvofiqligini tasdiqlash mexanizmi joriy etilishi belgilangan.
Qonun loyihasining yana bir muhim yo‘nalishi kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish va professional ishtirokchilar faoliyatini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirishdan iborat bo‘ldi. Jumladan, kastodian faoliyatini litsenziyalash, reyting agentliklari, boshqaruv kompaniyalari va investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi fondlar faoliyatini ruxsatnoma asosida tartibga solish, markaziy kontragent institutini joriy etish, o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar va «obligatsiya egalari vakili» institutlarini tashkil etish, shuningdek, investorlarni, jumladan, «malakali investorlar»ni toifalash nazarda tutilgan. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining vakolatlarini kengaytirish ham ko‘zda tutilgan.
“Yuqorida qayd etilgan yangiliklarning barchasi, yakuniy hisobda, mamlakatimiz kapital bozori infratuzilmasini xalqaro standartlarga moslashtirish va xorijiy investorlar uchun bozorning shaffofligi hamda ishonchliligini oshirishga qaratilgan”, – dedi S. Toreshov.

Furthermore, the draft law places special emphasis on aligning the state regulation and supervision system of the capital market with IOSCO international standards. It envisions expanding the supervisory powers of the authorized body, applying financial sanctions independently, and creating the ability to obtain information constituting bank secrecy in cases stipulated by law. These measures are aimed at preventing violations and improving the efficiency of timely responses to them.
The opportunity for international financial institutions to issue bonds within the territory of Uzbekistan, as well as the creation of conditions for local companies to access foreign capital markets, are being consolidated at the legislative level.
The adoption of this law will be a significant step toward attracting additional investments into our country's economy, as well as creating new financial opportunities for the public and businesses.
