Yangiliklar
TALABALAR BILAN UCHRASHUV
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan yoshlarning O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi va uni huquqiy tartibga solish asoslari, raqamli va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bilimlar darajasini oshirishga qaratilgan qator uchrashuvlarni boshlamoqda.
Uchrashuvlar ochiq muloqot tarzida o‘tkaziladi, unda talabalar Agentlik mutaxassislariga savollar berish hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirishlari mumkin bo‘ladi.
Dastlabki uchrashuv Toshkent davlat texnika universiteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Agentlik mutaxassislari talabalarni kripto-aktivlar aylanmasiga oid asosiy tushuncha va atamalar bilan tanishtirdilar, kripto-aktivlarning paydo bo‘lish tarixi, ularning afzalliklari va kamchiliklari, O‘zbekistonda kripto-aktivlar sohasidagi davlat siyosati hamda kripto-aktivlar aylanmasini tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdilar.
Jami o‘n beshta mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.