O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari to‘g‘risidagi nizomning (2026-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 3850) 46-bandiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini ixtiyoriy ravishda to‘xtatib turish to‘g‘risidagi murojaatiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda - Agentlik) tegishli qaroriga asosan, “GEM STONE CAPITAL” MCHJga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun 2021-yil 23-aprelda berilgan 225686-son hamda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun 2021-yil 23-aprelda berilgan 222278-son litsenziyalarning amal qilishi 2026 yil 22 sentabr sanasidan boshlab olti oy muddatga to‘xtatildi.
Tegishli ma’lumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytida qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining reyestriga belgilangan tartibda kiritildi.