Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

23 va 24 sentabrdan elektron tijorat operatorlari uchun yangi normalar kuchga kirishi haqida axborot xabari

24.09.2026
45

O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1154-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-sonli Qonuniga qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lib, elektron tijorat operatorlari (elektron savdo platformalari, buyurtmalar agregatori operatori, raqamli striming xizmati operatori) faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartiboti kiritildi.

Ma’lumot uchun: mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach (2026-yil 23-sentabrdan) amalga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan “Elektron tijorat operatorlari faoliyatini boshlash va tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3927) tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun: mazkur Buyruq 2026-yil 24-sentabrdan kuchga kiradi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sizdan yuqorida qayd etilgan buyruq talablari asosida joriy yilning 24-sentabridan boshlab Agentlikning https://reg.napp.uz axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz lozimligini ma’lum qilamiz.