Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“Takofulni amaliyotga tatbiq etish” mavzusida trening

25.06.2025
119

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) bilan birgalikda 2025 yilning 25-26 iyun kunlari Toshkent shahrida “Takafulni amaliyotga tatbiq etish” mavzusida trening tashkil etdi.

Treningda sug‘urta bozorini tartibga soluvchi organ, turli davlat tashkilotlari hamda O‘zbekiston sug‘urta sohasi vakillari ishtirok etdi. Treningni o‘tkazish uchun takaful sug‘urtasi bo‘yicha katta tajribaga ega indoneziyalik xalqaro ekspert Ervin Noekman taklif etildi. Ikki kun davomida trening ishtirokchilari takaful modellari, meyoriy-huquqiy va shariat asoslari, shartnoma tuzilmalari, operatsion tuzilma va takafulga oid boshqa mavzular bilan tanishadilar.

“Sug‘urta salohiyatini oshirish O‘zbekistonda sug‘urta sohasi rivojlanishining asosidir. Takaful sug‘urtasi O‘zbekiston aholisini turli xavf-xatarlardan himoya qilishga qaratilgan sug‘urta sohasini rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning o‘ziga xos va barqaror yo‘lini ta’minlaydi, shu bois treningda qatnashish O‘zbekiston sug‘urta bozori vakillari uchun juda foydali va muhim”, – dedi Agentlik Sug‘urta bozorini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Otabek Yoqubov o‘z nutqida.

Trening Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda sug‘urta risklarini moliyalashtirish (IRFF)” global loyihasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, uning asosiy maqsadi loyihada ishtirok etayotgan mamlakatlarni O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlash, jumladan: sug‘urta siyosatini mamlakatning iqtisodiy rivojlanish dasturiga integratsiyalash, inklyuziv sug‘urtani rivojlantirish, suveren xavflar, tabiiy ofatlardan kelib chiqadigan xavflarni moliyalashtirish, qo‘shimcha investitsiyalarni sug‘urtalash va h.k.

Ma’lumot uchun: Takaful – o‘zaro yordam va hamkorlikka asoslangan, shariat tamoyillari doirasida faoliyat yurituvchi islomiy sug‘urta tizimi. Bu kooperativ tizim bo‘lib, unda ishtirokchilar an’anaviy sug‘urta modeliga tayanmasdan, ma’lum risklarga nisbatan bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z resurslarini birlashtiradilar.