O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida tadbirkorlarning sug‘urta sohasidagi majburiy talablardan xabardorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilib, unda sug‘urta kompaniyalari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa idoralar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 184-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha ishlab chiqilgan sug‘urta bozorini tartibga solishda “Xavfni taxlil qilish” elektron tizimini joriy etilishi, shuningdek, sohaga tatbiq etilayotgan raqamli texnologiyalar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
“Xavfni taxlil qilish” elektron tizimi sug‘urta bozori ishtirokchilarida mavjud xavflarni inson omilisiz aniqlash, sug‘urtaga oid normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilinishini va faoliyatini shaffof yuritilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Mazkur elektron tizimi sug‘urta tashkilotlari hamda sug‘urta qildiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarda (sug‘urta hodisasi bo‘yicha sug‘urta tovonini (to‘lovini) to‘lanishida) ijro intizomini mustahkamlash va sug‘urta qildiruvchilarning sug‘urta bozoriga nisbatan ishonchini oshirish orqali bozorni rivoshlantirish prinsiplariga asoslangan.
Seminar-trening ishtirokchilari tizim ishiga oid, xususan, avtomatlashtirilgan mezonlarga ball berish tartibi, baholash natijasini e’lon qilib borish, tekshiruvlar davriyligi kabi yo‘nalishlarda savollar berib, mutahassislardan javoblar oldilar.
Idoraviy mansub tashkilotlar