logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

04.03.2024
3776

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2024 yil 1 mart kuni “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Mazkur qaror bilan quyidagi yo‘nalishlarda bir qator yangiliklar kiritildi.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining sug‘urta xizmatlaridan foydalanishini soddalashtirish, shuningdek, sohada raqamlashtirishni jadallashtirish orqali sug‘urta tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash yo‘nalishida:

– Yagona axborot tizimida majburiy ravishda sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini elektron ro‘yxatga olinadi va sug‘urta polislari rasmiylashtiriladi;

– majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha shartnomalarning o‘z vaqtida, elektron shaklda tuzilishini ta’minlash bo‘yicha vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari integratsiya qilinadi;

– Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Yagona axborot tizimida sug‘urta tashkilotlarining hisobotlari bosqichma-bosqich avtomatik ravishda shakllantiriladi va soddalashtiriladi;

– sug‘urta bozori professional ishtirokchilari faoliyatiga aralashmagan holda Yagona axborot tizimida ularning faoliyati onlayn-monitoring qilinadi.

 

Sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, aholining sug‘urta savodxonligini oshirish, sug‘urtaning yangi turlarini ommalashtirish va joriy etish yo‘nalishida:

– 2024 yil 1 sentabrdan boshlab ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha “sug‘urta tashkilotlari reytingi” yuritiladi;

– sug‘urta madaniyatini va aholining sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan mavzuli dasturlar va ko‘rsatuvlar tashkil etiladi;

– yuklatilgan sug‘urta turlarini bosqichma-bosqich kengaytirish, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning qamrovini oshirish, yuridik shaxlarning ko‘chmas mulkini texnogen va tabiiy ofatlardan majburiy sug‘urtalash tizimini joriy etish, “takafful” va “yashil sug‘urta” sug‘urta mahsulotlarini ommalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

 

Sug‘urta bozorida sog‘lom raqobat va to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga barham berishda:

– elektron sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi takomillashtiriladi;

– sug‘urta zaxiralarini hisoblash va sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyatini aniqlashda xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich o‘tiladi;

– sug‘urta faoliyatini litsenziyalash tartibi takomillashtiriladi, jumladan litsenziya talablariga axborot tizimlarining mavjudligi belgilanadi;

– 2025 yil oktabrdan boshlab keyingi 5 yil davomida sug‘urta tashkilotlari uchun tabaqalashtirilgan ustav kapitalining eng kam miqdori bosqichma-bosqich oshirilishi belgilandi;

– Agentlikka aktuar hisob-kitoblarga asoslangan tavsiyaviy xarakterga ega sug‘urta tariflarining minimal miqdorini belgilash huquqi berildi;

– sug‘urta tavakkalchiligi darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi holatlardan kelib chiqqan holda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflarini qayta ko‘rib chiqiladi.

 

Sug‘urta sohasida yangi avlod kadrlarini tayyorlash yo‘nalishida:

– ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta’lim dasturlarini va oliy ta’limning milliy standartlarini qayta ko‘rib chiqiladi bakalavriatda o‘qish muddatini 4 yildan 3 yilgacha qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi;

– sug‘urta ishi bo‘yicha sug‘urta tashkilotlarining yuqori boshqaruv organlari xodimlari malakasi muntazam oshirilishini ta’minlanadi.

 

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish va yuqoridigi yo‘nalishlar bo‘yicha bosqichma-bosqich bajarilishi rejalashtirilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi.