logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Sug‘urta tashkiloti litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

23.10.2023
2822

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 14,47,53 va 64-moddalari va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 40-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qaroriga asosan, “SHARQ-SUG'URTA” AJ sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 25 fevraldagi SF 00048-sonli litsenziyasi 2023 yil 23 oktabr sanasidan boshlab o‘n kun muddatga to‘xtatildi.

“SHARQ-SUG'URTA” AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“SHARQ-SUG'URTA” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.